YaIM aslida nimani o'lchaydi — va nimani e'tiborsiz qoldiradi
1934-yilda YaIMni yaratgan inson uni xalq farovonligi o'lchovida ishlatilishiga ogohlantirgan edi. Hech kim eshitmadi. Mana nima uchun bu hali ham dunyo uchun muhim.
Hozirgi kunda, biz rivojlanishga e’tibor bermoqdamiz. Har bir siyosatchi yashil o’sish, toza o’sish yoki davomiy o’sishni ta’minlashni va’da berishmoqda. YaIM miyamizga shunaqa darajada o’rnashib qolganki, YaIM o’sishi iqtisodiyotimizning asosiy ko’rsatkichiga aylanib qoldi. Bitta savol tug’iladi: qanday qilib unga bog’lanib qoldik?
Yalpi Ichki Mahsulot yoki YaIM tushunchasi Amerikalik iqtisodchi Simon Kuznets tomonidan 1934-yilda kirib kelgan. Buyuk Depressiya katta ishsizlik darajasiga, deyarli 10% deflyatsiyaga va kichrayib borayotgan iqtisodga sabab bo’lgan. Kongress iqtisod qanchalik kichrayganini bilmoqchi bo’lishdi. Aynan shu paytda, Milliy Iqtisodiy Tadqiqotlar Byurosida statistikachi bo’lib ishlayotgan Kuznetsga iqtisodiyot holatini aniqlashga o’lchov yaratish topshirig’i beriladi. Kuznets buni Milliy Daromad sifatida ko’rsatadi va hozirgi kunda bu tushuncha YaIM ma’nosini beradi.
YaIM = aniq davr mobaynida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan barcha tugallangan tovarlar va xizmatlarning umumiy bozordagi qiymati.
YaIM shak-shubhasiz muhim va foydali o’lchov. Garchi uni hisoblash 3 xil o’lchovlarni o’z ichiga olsa-da, YaIMni hisoblash oson. Ustiga ustak, u 1993-yildan boshlab global o’lchov deb tan olingan. Shunday qilib, YaIM bizga iqtisodiyotlarni osonlikcha taqqoslashimizga yordam berdi. Oxirida, YaIM o’sishi ijtimoiy holatga korrelatsiyasi ma’lum darajada mavjud. Masalan, rivojlanayotgan davlatlarda YaIM qiymatida o’sishlar daromadda o’sishlar, ta’lim hamda sog’liqni saqlashda yaxshilanish va kambag’allik pasayishiga bog’liq.
Shunday bo’lishiga qaramasdan, YaIMga tayanishimizda insoniyat hamda atrof-muhit uchun muammolari bor. Uning yaratuvchisi, Simon Kuznets, 1934-yilda ogohlantirgan edi: “xalqning farovonligi darajasi milliy daromad o’lchovidan zo’rg’a olinishi mumkin.” YaIMga tayanish insoniyat uchun muvaffaqiyatsizlikdir. Chunki YaIM baxt, atrof-muhit zarari va tengsizlikni barqarorlashtirishni o’z ichiga olmaydi. Masalan, garchi iqtisodiy o’sish baxt ko’rsatkichi bilan korrelatsiyaga ega bo’lsa-da, baxt ko’rsatkichi jon boshiga YaIM $30,000ga yetganda o’zgarmay qoladi.
YaIMning kelajagi qanday bo’ladi? Birinchidan, YaIMning kelajagi bor. Kamchiliklariga qaramasdan, YaIM juda foydali o’lchov lekin yagona shu o’lchovga ishonib qolmaslik kerak. Ma’lumotlarga qaraganda rivojlanayotgan davlatlarda YaIM o’sishi iqtisodiy va ijtimoiy holatlarning ko’plab ko’rsatkichlari bilan korrelatsiya qiladi. Lekin, rivojlangan davlatlar bunga boshqacharoq qarashi kerak. Birmuncha ekologik iqtisodchilar iqtisodiy o’sishni ongli ravishda cheklash g’oyasini ilgari surishmoqda. Bunda iqtisodiyotlar avval jamiyat va atrof-muhitga e’tibor qaratishadi.